Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjidlarda imkoniyati cheklangan kishilar uchun Juma mav’izalari tashkil etiladi

Masjidlarda imkoniyati cheklangan kishilar uchun Juma mav’izalari tashkil etiladi

Foto:«Muslim.uz»

O‘zbekiston musulmonlari rasmiy saytida xabar berilishicha, yurtimizning markaziy masjidlarida imkoniyati cheklangan fuqarolar, eshitish va nutq a’zolarida nuqsoni bor kishilar uchun Juma mav’izasi Surdo tarjimon vositasida masjidda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.

Buning uchun Respublikaning har bir xududidagi markaziy masjidda Juma mav’izalarini surdo-onlayn uzatish imkoniyatlari yaratiladi. Bunda o‘sha masjid tashqi qismiga muayyan toifaga mansub nogironligi bor kishilar uchun maxsus imkoniyatlar mavjudligini bildiriruvchi xalqaro belgi qo‘yiladi. Juma namoziga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘zlari uchun belgilangan joyda monitorlarlarda imom-xatibni, uning yonida esa surdo tarjimon harakatlarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladilar.

Kecha ilk bor Toshkent shahrining «Shayx Zayniddin», Toshkent viloyatining «Chirchiq markaziy jome masjidi», Samarqand viloyatining «Xo‘ja Is’hoq Valiy» jome masjidlarida Juma mav’izalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri surdo tarjimon vositasida tushuntirib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring