Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekistonda ham rasmiy tarzda MMA chempionati o‘tkaziladi

Endi O‘zbekistonda ham rasmiy tarzda MMA chempionati o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda ham rasmiy tarzda aralash qoidalar bo‘yicha (MMA) mamlakat chempionati o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ilk tarixiy chempionatga Nukus shahri mezbonlik qiladi. Bu haqda «Olamsport.com» xabar berdi.

Birinchi mamlakat chempionatida jami 8ta vazn toifasida chempionlar aniqlanadi. Sportchilar -56,7, -61,2, -65,8, -70,3, -77,1, -84, -93 hamda +93 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati 17 fevral kuni o‘tkaziladi. Olimpiya tizimidagi saralash bahslari soat 10:00dan boshlanadi. Soat 17:00da esa final janglariga start beriladi. 16 fevral kuni sportchilarni tarozidan o‘tkazish marosimi tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring