Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekistonda universitetlar reytingi haqiqiy bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda universitetlar reytingi haqiqiy bo‘ladi

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi matbuot xizmati

Ma’lumki, 2018-yilning 1-avgustida Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor Respublika Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi rasman e’lon qilingan edi.

Shunga qaramasdan, 2018-yil milliy reyting natijalari e’lon qilingan paytda, ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’tirozlar bildirilgan edi. 

2019-yilning 15-fevral kuni Davlat inspeksiyasida THE agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov bilan navbatdagi rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur uchrashuvda milliy reyting tizimida qo‘llanilgan metodologiya va indikatorlar mintaqaviy direktor tomonidan tahlil qilib chiqilganligi va tahlil natijalari ijobiy deb topilganligi va  THE tomonidan rasman tan olinganligi qayd etib o‘tildi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘zaro fikr almashinuvlar asosida kechdi. Jumladan, O‘zbekiston milliy reyting tizimi metodologiyasini THE bilan hamkorlikda takomillashtirish, zarur taklif va tavsiyalar berish, THE agentligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan sammit a’zoligiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini vakillarining ishtirokini ta’minlash, Milliy OTMlarni global reyting tizimlaridan o‘rin olishiga ko‘maklashuvchi amaliy choralar ishlab chiqish va boshqa ko‘plab hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun: «Times Higher Edusation» xalqaro reyting agentligi 2004 yildan boshlab dunyo universitetlari reytingi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirda reytingda jami 1258 ta universitet ishtirok etgan bo‘lib, Rossiya federatsiyasidan 35 ta, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining jami 2 ta OTM o‘rin egallagan.Shuningdek mazkur nufuzli tashkilot dunyo universitetlarining reytingini tuzishdan tashqari har yili ta’lim sohasida boshqaruv faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro sammitlar, OTMlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha metodikalar ishlab chiqish bo‘yicha ham yetakchilik qilib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring