Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Qonunchilik palatasiga ekskursiyalar uyushtirilishi mumkin

Endi Qonunchilik palatasiga ekskursiyalar uyushtirilishi mumkin

Foto: «parliament.gov.uz»

Rivojlangan mamlakatlar parlamentida ochiqlikni ta’minlash, keng jamoatchilikni o‘zlari saylagan vakillari ishi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyatini yaratishda turli usullar joriy etilgan. Masalan, biz parlamentga ekskursiyalar uyushtirilishi amaliyoti haqida ko‘p bora eshitganmiz. Shu orqali parlament ko‘pchilik ko‘rishni istaydigan tom ma’nodagi turistik manzillar qatoridan o‘rin olgan, desak ham bo‘ladi. Va doim bizda ham shunday bo‘larmikan, degan savol ko‘pchikni qiziqtirib kelgan nazarimda, deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev.

Bo‘larmikan, degan savolga endi o‘rin qolmadi. Chunki kuni kecha Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga yangi qo‘shimcha kiritish haqida qaror qabul qildi.

Kiritilgan yangi 250-moddaga ko‘ra korxona, tashkilot va muassasalarning yozma murojaatlari asosida Qonunchilik palatasida jamoaviy ekskursiyalar tashkil qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi majlislarini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish uchun tashrif buyuruvchilar uning ochiq majlislarida ham ishtirok etishlari mumkin.

Faqat tashrif buyuruvchilar Qonunchilik palatasi faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ular uning ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan saqlanishlari, o‘rnatilgan tartibga rioya etishlari shart.

Eslatib o‘tish kerakki, Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 31-bandida fuqarolar, o‘quvchi va talabalarning Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida moneliksiz ishtirok etish imkoniyatlari nazarda tutish belgilangan edi.

Shu vaqtga qadar amalda Qonunchilik palatasiga ko‘plab jamoaviy ekskursiyalar, ayniqsa yoshlar ishtirokida uyushtirilib kelingan bo‘lsa ham, bu huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilmagan edi. Menimcha, Reglamentga kiritilgan ushbu yangilik Oliy Majlisning ochiqlikni ta’minlash sohasida boshqalarga namuna bo‘ladigan yangi qadami desa bo‘ladi, deydi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring