Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» mijozlar uchun yangi xizmatni ishga tushirdi

«UzAuto Motors» mijozlar uchun yangi xizmatni ishga tushirdi

Foto:«Xabar.uz»

«UzAuto Motors» mijozlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan. 

Unga ko‘ra, 20-yanvardan e’tiboran xaridor shartnoma holatini kompaniyaning ushbu havolasi orqali ham tekshirish imkoniga ega bo‘ldi.

Buning uchun mijoz saytning «Imzolangan shartnomaning holati» bo‘limiga STIR hamda shartnoma raqamini kiritishi kifoya.

Avval bunday imkoniyat faqat @uzautosanoat_bot Telegram-boti hamda «Uzavtosavdo» ilovasi orqali taqdim etilardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring