Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi vazni sun’iy oshirilgan tovuq go‘shtiga chek qo‘yiladi

Endi vazni sun’iy oshirilgan tovuq go‘shtiga chek qo‘yiladi

Foto: «molbuk.ua»

«O‘zstandart» agentligi Parrandachilik sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarning nimtalari va ularning bo‘laklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (O‘zDSt 3308:2018)ni qabul qildi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston bozorlarida va savdo rastalarida sotilayotgan tarkibi sun’iy ravishda 50 foizgacha suv bilan boyitilgan yoki noma’lum suyuqliklar bilan yaxlatilgan parranda go‘shtlari va uning nimtalari ko‘plab iste’molchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda mazkur parranda go‘shti tarkibidagi namlikni yoki sun’iy ravishda qo‘shimcha kiritilayotgan og‘irlik beruvchi moddalarni aniqlovchi tahliliy sinov usullari yoki bunday moddalarning qo‘shilishini taqiqlovchi talablar amaliyotga tadbiq etilmagan.

Bu esa, o‘z navbatida, parranda go‘shti tarkibidagi sun’iy qo‘shimachalar sifatni nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmayotganligini anglatadi. Bunga chek qo‘yish maqsadida, nazoratni kuchaytirish va ayrim vijdonsiz tadbirkorlarning sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishlarining oldini olish borasida «O‘zstandart» agentligi xorij amaliyotidan kelib chiqqan holda, Parrandachilik sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarning nimtalari va ularning bo‘laklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (O‘zDSt 3308:2018)ni qabul qildi. Ushbu standart respublika hududida 2018-yil 1-may sanasidan joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti Davlatlararo standart GOST 31962-2013ning modifikatsiyalangan toifasi bo‘lib, mahalliy tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarning nimtalari va ularning bo‘laklari eksportining yanada oshishiga zamin yaratibgina qolmay, iste’molchilarning hayoti, mol-mulkiga ziyon keltirmasligiga kafolat bo‘la oladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring