Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2019-yildan boshlab FHDYo tomonidan beriladigan guvohnomalar elektron to‘ldiriladi

2019-yildan boshlab FHDYo tomonidan beriladigan guvohnomalar elektron to‘ldiriladi

Foto: O‘zA

2018-yil 26-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Gerbli  ruvohnomalar  shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini  yozish organlarining aholiga  ko‘rsatayotgan  xizmatlari  sifatini yaxshilash  to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu qarorga ko‘ra, tizimga bir qator o‘zgarishlar kiritiladi.

Xususan, qarorning 4-bandiga asosan, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar blankalarini (gerbli guvohnomalar) qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi va ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflarda to‘ldirish tartibi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring