Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetik ichimliklarni bepul tarqatish taqiqlanadi

Energetik ichimliklarni bepul tarqatish taqiqlanadi

Foto: «Ray Just Energy»

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonun loyihalari muhokama etilmoqda.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga ko‘ra, energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, yoshi va jinsidan qat’i nazar barcha shaxslarga bepul tarqatishni taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu turdagi ichimliklarning reklamasi va savdosini davlat hokimiyati va boshqaruvchi organlari binolari, jamoat joylari, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari hamda sport, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda audio, vizual va multimedia vositalari, matn, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, bannerlardan foydalangan holda amalga oshirishni cheklash hamda belgilangan tartibni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring