Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetiklarni necha yoshdan ichish mumkin?

Energetiklarni necha yoshdan ichish mumkin?

Foto: «Tony.ru»

Bolalarga 16-17 yoshga to‘lmagunicha qahva va energetik ichimliklar ichishga ruxsat bermang! Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti psixiatr-narkologi Yevgeniy Bryun ogohlantirmoqda.

— Bolalarga kofeinli ichimliklarni ichishga ruxsat bermaslik kerak. Umuman, energetik ichimliklar va qahvadan 16-17 yoshgacha tiyilib turgan ma’qul. Kofein birinchi navbatda bolaning shakllanib kelayotgan nerv tizimiga zarar yetkazadi, — «Moskva» agentligi mutaxassisdan shunday iqtibos keltirmoqda.

Qahva va energetiklar iste’molidan so‘ng bola  jizzaki va injiq bo‘lib qolib, tez toliqadi. Bolaning asab tizimiga energetiklar tarkibidagi asosiy moddalar — taurin, jenshen va guarana salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, qon bosimi oshishi va o‘smalar paydo bo‘lishida ham shularning ta’siri bor.

Kofeinli ichimliklar organizm ko‘p suv yo‘qotishiga sababchi bo‘ladiki, bundan buyraklarga juda og‘ir zo‘riqish tushadi. Kamiga yurak maromida ishlashi uchun zarur bo‘lgan minerallar, kaliy, kalsiy, magniy kabi moddalarni kofein organizmdan chiqarib yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring