Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energiya manbalari va neft mahsulotlari eksporti 91,4 foizga o‘sdi

Energiya manbalari va neft mahsulotlari eksporti 91,4 foizga o‘sdi

Foto: «APK-news.ru»

O‘zAning Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, xabar berishicha, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-mart oylarida 7,9 milliard AQSh dollarini, shu jumladan, eksport 4,1 milliard AQSh dollarini va import 3,8 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.

Tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91,4 foizga o‘sishi tabiiy gazning 2,3 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mashina va asbob-uskunalar esa 35,4 foizga o‘sdi, shundan qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ular qismlari 24,6 foizga, transformator va akkumulyatorlar 68,6 foizga, monitor va proektorlar 3,3 martaga oshdi.

Bug‘doy eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,6 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarining 51,7 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 49,9 foizga o‘sishiga olib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring