Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkaziladi

«Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yoritishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ijodkorlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida

«Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchisi» tanlovini o‘tkazadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar;
  • internet veb-saytlarida yoritilgan targ‘ibot materiallari;
  • televideniye va radio kanallari orqali e’lon qilingan materiallar.

Tanlov ishtirokchilarining ishlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Targ‘ibotga noan’anaviy (kreativ) yondashganligi;
  • Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini keng qamrovli yoritganligi;
  • Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini faol yoritganligi;
  • Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning har jihatdan qulay, tezkor va shaffofligini aniq, ta’sirchan ifoda eta olgani;
  • Targ‘ibot materiallari orqali imkon qadar ko‘p aholini qamrab olgani.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

  • muallif va uning professional faoliyati haqida qisqacha ma’lumot;
  • muallifning pasporti nusxasi;
  • muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga yuborilgan targ‘ibot materiallari joriy yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar “Eng faol davlat xizmatlari targ‘ibotchisi” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi.

Elektron pochta manzili: press@davxizmat.uz, press.davxizmat@mail.ru

Telefon: 207-00-66 .

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring