Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda dunyodagi eng katta haykal qurilyapti (foto)

Hindistonda dunyodagi eng katta haykal qurilyapti (foto)

Foto: «Vokrug Sveta»

Rekordchi-haykalda Hindiston mustaqilligi uchun kurashgan, mamlakat konstitutsiyasi mualliflaridan biri — Vallabxai Patel (1875 — 1950) timsoli aks ettiriladi.

Haykal Gujarat shtatidagi sun’iy ko‘l o‘rtasida qurilyapti. Foto: «ukrinform.ru»

Haykal Gujarat shtatidagi sun’iy ko‘l o‘rtasida qurilyapti. Ulkan konstruksiyaning balandligi 182 metrga yetadi. Bu bugungi kunda dunyoda eng baland hisoblangan Budda haykali (Xitoy, Xenan provinsiyasi)dan 54 metr balanddir.

Ulkan konstruksiyaning balandligi 182 metrga yetadi. Foto: «ukrinform.ru»

«Birlik» deb ataluvchi ushbu qurilmaning umumiy balandligi poydevori bilan birgalikda 240 metrni tashkil etadi. Haykal uchun 5700 tonna po‘lat, 18500 tonna armatura, 22500 tonna bronza, 75000 kub metr beton ishlatiladi.

2017-yil yoziga qadar haykal tizzasigacha qurib bitkazildi (59 metr), qurish ishlari 2018-yil davomida to‘liq nihoyalanishi rejalashtirilgan. Kechayu kunduz davom ettirilayotgan qurilish ishlariga 2400 nafar ishchi jalb etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 320 million dollarga baholanmoqda. Foto: «ukrinform.ru»

Loyihaning umumiy qiymati 320 million dollarga baholanmoqda. Hindiston bosh vaziri Narendra Modining ta’kidlashicha, bu haykal Hindistonning xalqaro nufuzini oshirib, Gujarat shtatiga sayyohlar oqimini oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring