Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng ulug‘, eng aziz»: Namangan viloyat bosqichi ham yakunlandi

«Eng ulug‘, eng aziz»: Namangan viloyat bosqichi ham yakunlandi

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Kecha, 8-avgust kuni Namangan shahrida «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy tanlovining Namangan viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov, O‘zbekiston Respublikasi «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, viloyat hokimi o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov so‘zga chiqib, g‘oliblarni tabriklashdi

Tanlovga bosma va elektron OAV xodimlari tomonidan 94, tasviriy va kino san’ati, foto va dizayn bo‘yicha yo‘nalishida 81 ta, yozuvchi va shoirlarning 10 dan ortiq asarlari taqdim etildi.

Olti nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ijodkor taqdirlandi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda viloyatda bitta teleradiokompaniya, 53 ta gazeta va jurnal tahririyatlarida jurnalistlar ijodiy uyushmasining 150 nafar a’zosi faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring