Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yomon, eng xunuk, eng bo‘lmag‘ur...

Eng yomon, eng xunuk, eng bo‘lmag‘ur...

Foto: «premudraja.net»

Tinib-tinchimas avtoishqibozlar turli-tuman reytinglar tuzishga ham rosa qiziqishadi. Eng chiroyli, eng tezkor, eng qimmat, eng hashamatli avtomobillar...

Lekin bu kabi jarangdor ta’riflarning aksi bo‘lgan reytinglar ham borki, ular ham muxlislarni qiziqtirishi tabiiy.

«Eng xunuk», «Eng yomon» kabi ta’riflarni biz emas, yillar davomida xaridorlar fikrlarini o‘rgangan xorijdagi mutaxassislar berganlar.

Eriyotgan avto

Foto: «premudraja.net»

«Eng xunuk» maqomiga rasman loyiq ko‘rilgan «Aurora» nomli model 1957 yili nyu-yorklik ruhoniy tomonidan yaratilgan. Yagona nusxada yasalgan bu taviya ko‘rinishidan eriyotgan yelimni eslatadi. Qizig‘i shundaki, bu avtomobilni tanishtirish uchun taqdimot marosimiga olib ketayotganlarida oz emas, ko‘p emas 15 marta buzilib qolgan.

Yaxshiyam buzilgani, yo‘qsa tasqara avtomobil seriyali tarzda ishlab chiqarilarmidi?..

Kirish orqadan...

Foto: «premudraja.net»

«Mohs Automobile» kompaniyasi g‘oyasiga ko‘ra dam olish maskanlariga safar qilish uchun mo‘ljallangan «Safari» (chapda) va «Ostentatienne Opera» modellarining o‘ziga xos jihati ularning yon eshiklari mutlaqo yo‘q bo‘lib, kirish va chiqish faqat orqa kapot orqali bo‘lgan.

Naqadar omadsiz g‘oya, nima dedingiz?!

Hammasi bo‘lmag‘ur

Foto: «premudraja.net»

Shuningdek, o‘tirib boshqarilganda oldindagi bahaybat motor tufayli yo‘l ko‘rinmaydigan, avtomobil bilan mototsiklning mahluqsifat gibridi, ko‘rinishidan bolakaylar yasaydigan qutini eslatadigan modellar ham borki, ularning yaratuvchilari o‘z mehnatlariga achinmaganlaridan hayratga tushishdan o‘zga iloj yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring