Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on AQShga boradi

Erdo‘g‘on AQShga boradi

Foto: «RIA Novosti»

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shu yil 23–27 sentyabr kunlari AQShga boradi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.

Ma’lumki, so‘nggi paytlarda Amerika va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shu yil 23–27 sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun AQShga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Amerika yetakchilari bilan ko‘rishish yoki ko‘rishmasligi hozircha noma’lum.

Erdo‘g‘on AQShga tashrifidan so‘ng 27–29 sentyabr kunlari Germaniyaga borishni ham mo‘ljallayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring