Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on AQShning Turkiyaga xavfi haqida gapirdi

Erdo‘g‘on AQShning Turkiyaga xavfi haqida gapirdi

Foto:«Al Jazeera»

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiyaga xavf birinchi navbatda strategik sheriklar va aynan suriyalik kurdlarga harbiy yordam ko‘rsatayotgan AQSh  tomonidan bo‘lishi haqida ma’lum qilgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Xavf qayerdan paydo bo‘ladi? U eng avvalo strategik sheriklarimiz tomonidan. Biz o‘z mablag‘imizga AQShdan qurol sotib ololmayotgan paytimizda, ular terrorchilik tashkilotlarini o‘q-dori bilan bepul ta’minlab turibdi», — deya intervyu bergan Turkiy rahbari NTV telekanaliga.

Erdo‘g‘on shuningdek, AQSh tomonidan Suriya shimoliga besh ming qurolli yuk mashinasi jo‘natilgani aytgan, shuningdek, davlat to‘ntarishida ayblanayotgan Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgani uchun ham AQShni tanqid qilgan.

AQSh Suriya shimolidagi kurd harbiy bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya ularni  terroristik tashkilot deya hisoblaydi. Joriy yilning 20-yanvaridan ularga qarshi «Zaytun novdasi» operatsiyasi boshlangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring