Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on: «Bunday tahdidlar bizni aslo yo‘limizdan qaytara olmaydi»

Erdo‘g‘on: «Bunday tahdidlar bizni aslo yo‘limizdan qaytara olmaydi»

Foto: «Anado‘lu»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Bolqon davlatlariga safari davomida suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqida kecha xabar bergan edik.

Bugun Bosniya va Gersegovinaga tashrif buyurgan Erdo‘g‘on bunday tahdidlar oldida esankirab qolmasligini aytdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Menga Bolqon davlatlariga safarim davomida suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqida xabarlar yetib keldi. Bunday tahdidlar bizni yo‘limizdan aslo qaytara olmaydi», — degan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisi Bakir Izzatbekovich bilan uchrashuvida.

Safar davomida ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, energetika, turizm va transport, logistika sohalarida qator shartnomalar imzolanishi kutilayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring