Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Putinni va o‘zini «tajribali» deb maqtadi

Erdo‘g‘on Putinni va o‘zini «tajribali» deb maqtadi

Foto:«Gazeta.ru»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zini va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni BMT Bosh assambleyasidagi eng tajribali davlat rahbarlari deya atadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«BMT Bosh assambleyasidagi eng tajribali rahbar  haqida gap ketsa, 2 nafar eng tajribali prezident bor: men va Putin. Chunki agar bizning bosh vazirlik lavozimimizni qo‘shib hisoblasak, ikkalamiz ham 15-16 yillik siyosiy tajribaga egamiz. 15-16 yil – siyosatda katta tajriba to‘plash uchun ulkan imkoniyat», – deya Erdo‘g‘on «TRT» telekanaliga ertaga, ya’ni 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezident va parlament saylovlari arafasida intervyu bergan.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘on bilan Putin o‘rtasidagi yaxshi aloqani ikkala davlat o‘rtasida ham kuzatish mumkin. Bunday munosabatlar Turkiyaning Suriya shimolidagi Afrin viloyatiga uyushtirgan «Zaytun novdasi» harbiy operatsiyada hamda Suriyada vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Ostonada o‘tkazilgan sammitda ham ko‘zga tashlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring