Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Putinga hamkorlikda «C-500» ishlab chiqarishni taklif qildi

Erdo‘g‘on Putinga hamkorlikda «C-500» ishlab chiqarishni taklif qildi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putinga «C-500» zenit raketa komplekslarini hamkorlikda ishlab chiqarishni taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

U shuningdek Rossiyaning «C-400» yetkazib berish bo‘yicha shartnoma bajarilishi haqida ham gapirdi.

«Rossiya bizga «C-400» bo‘yicha juda qulay shartlar asosida kredit berdi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda biz hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz», — deya prezidentdan iqtibos keltiradi «Anado‘lu» agentligi.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘on «C-400» yetkazib berish bo‘yicha shartnomaga AQSh va NATOning tanqidiga javob berdi.

«Nega ular Gretsiya egalik qilayotgan «C-300» borasida hech narsa deyishmayapti? Turkiyaga nisbatan bunday munosabatni tushunish qiyin. Bizning mudofaa sanoatimizning o‘ziga yarasha talablari bor va biz ularni qondirishga harakat qilamiz», — dedi u.

O‘tkan yilning dekabr oyida Rossiya va Turkiya «C-400» zenit raketa komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasini tuzgan edi. Anqara ikkita zenit raketa komplekslari batareyalarini sotib oladi. Tomonlar, shuningdek, Turkiyada «C-400» ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun texnologik hamkorlik borasida ham kelishib olishgan edi.

AQSh va NATO davlatlari ushbu shartnoma uchun Anqarani bir necha bor tanqid qilishgan. AQSh davlat kotibi yordamchisi Uyess Mitchel «C-400» sotib olinishi «F-35» samolyotlarining Turkiyaga yetkazib berilishini so‘roq ostida qoldirishi mumkinligini aytgan edi.

Bunga javoban Turkiya boshqa davlatdan qiruvchi samolyot sotib olishini ma’lum qildi.

«F-35» samolyotlari belgilanganidek Turkiyaga yetkazib berilishi shart. Ammo muammo yuzaga kelsa, Turkiyada boshqa variantlar ham bor. Balki Rossiyadan yoki boshqa bir NATO davlatidan sotib olishimiz mumkin degan edi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li «A Haber» telekanaliga bergan intervyusida.

O‘z navbatida Erdo‘g‘on AQShni «F-35» samolyotlarini yetkazib berishga chaqirdi.

«Biz AQShni strategik hamkor deymiz. Ammo strategik hamkor bizni boshqa eshiklarga bosh suqishga majbur qilmasligi kerak», — deya Erdo‘g‘ondan iqtibos keltiradi «Anado‘lu» agentligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring