Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on terrorchi guruhlarga ko‘mak berayaptimi?

Erdo‘g‘on terrorchi guruhlarga ko‘mak berayaptimi?

Sudan bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan Misrning «Abu Umar al-Misriyya» serialida bu safar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning terrorchi guruhlarga ko‘mak berayotgani sahnalashtirilgan. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Misrning «al-Hayot» telekanalida may oyida namoyish etilgan «Abu Umar al-Misriyya» serialida sudanliklar terrorchilarga o‘xshatilgan edi.

Sudan hukumati Misrning Xartumdagi elchixonasiga nota yuborishi tufayli serialdagi ayrim sahnalar o‘chirib tashlangan edi.

Sudan tashqi ishlar vazirligi mutasaddisi G‘aribulloh al-Xadrning yozma bayonotida: «Misrning ayrim telekanallarida ramazon oyida efirga uzatilgan «Abu Umar al-Misriyya» serialida Sudanga kelgan misrliklarga mahalliy aholi terrorchi qilib ko‘rsatilgan», – deyilgan.

Kecha namoyish etilgan serialning navbatdagi qismida esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning terrorchi guruhlarga ko‘mak berayotgani tasvirlangan sahnalar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring