Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerevanliklar shahar merining iste’fosini talab qilib hokimiyat binosiga bostirib kirishdi

Yerevanliklar shahar merining iste’fosini talab qilib hokimiyat binosiga bostirib kirishdi

Foto:«AiF»

Bugun 16-may kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida aholi vakillari namoyish o‘tkazib, shahar merining iste’fosini talab etganlar. Bu haqda «Aif.ru» xabar qilmoqda.

Namoyishchilar hatto shahar hokimiyati binosiga kirishgan va merning xonasiga ham kirishga urinib ko‘rishgan.

Namoyish faollari shahar meri Taron Margaryanning faoliyati samarasizligini ta’kidlab meriya yonidagi parkda daraxtlar kesilishi yuzasidan ham norozilik bildirishgan.

Xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar bino ichkarisiga kirishgan, ammo mer xonasi yo‘lida ularni politsiya va meriya xodimlari to‘xtatib qolgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring