Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron prezidenti «Telegram»ni bloklash taklifiga qarshi

Eron prezidenti «Telegram»ni bloklash taklifiga qarshi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

Foto: «Hi-News»

Pavel Durovning «Telegram» messenjeri erishayotgan natijalar Eron hukumatini tashvishga solmoqda. Hukumat amaldorlari mazkur messenjer aholining norozilik namoyishlarini o‘tkazishida vosita bo‘layotganidan g‘azabda, deb xabar beradi «Hi-News».

Eron hukumatining bir qator amaldorlari «Telegram»ni mamlakat hududida bloklashga chaqirdi.

Oliy darajadagi Kibernetika kengashining kotibi Hasan Firuzobodiy «Telegram»ning yangi kriptovalyutasi mahalliy iqtisodiyotni zaiflashtirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Telegram» Erondan boshqa birorta mamlakatda bu qadar yetakchi messenjer hisoblanmaydi. «Telegram» rasman iqtisodiy platforma sifatida faoliyat yuritishini ma’lum qildi va shu tarzda u Eron milliy valyutasini zaiflashtiradi. Biz ushbu messenjerning virtual valyutasini mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi Firuzobodiy.

Shunga qaramay, mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy bu kabi bayonotlarga qarshi. «O‘zaro xabarlar almashishga mo‘ljallangan mahalliy dasturlarni yaratish va ommalashtirish uchun «Telegram»ni bloklash yechim bo‘la olmaydi», — dedi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring