Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronlik futbolchi 25 mln yevro evaziga APL klubiga o‘tdi

Eronlik futbolchi 25 mln yevro evaziga APL klubiga o‘tdi

Foto: «brightonandhovealbion.com»

Gollandiyaning AZ klubi hujumchisi Alirizo Jahonbaxsh faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

24 yoshli eronlik futbolchi «Brayton» bilan shartnoma imzoladi. Klub Eron terma jamoasi a’zosi uchun golland klubiga 25 mln yevro to‘lagani haqida xabarlar tarqalgan. Agar shu summa rasman tasdiqlansa, bu klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ladi.

Jaxonbaxsh o‘tgan mavsumda 33ta o‘yinda 21ta gol urib, Gollandiya chempionati to‘purari bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring