Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sinab ko‘rganmisiz? Ertalabki kayfiyat siz haqingizda ko‘p narsani anglatadi

Sinab ko‘rganmisiz? Ertalabki kayfiyat siz haqingizda ko‘p narsani anglatadi

Foto: «Nefikir.com»

Tongni qanday qarshi olishingiz, siz haqingizda juda ko‘p ma’lumotlar berishi haqida eshitganmisiz? Yo‘q deysizmi? Unday bo‘lsa, ma’lumotlar orasidan o‘zingizni toping.

Budilnikni tekshirasizmi?

Ertalab uyg‘onishi bilan budilnikni tekshiruvchi odamlarning miyasi doim turli xayollar bilan band bo‘ladi. Budilnikdan ham avval turishadi va ishga ketishga tayyor bo‘lishadi. Ular shijoatli, mas’uliyatli va vaqtning qadriga yetishadi. Umrlarining hatto bir soniyasi bekor o‘tmasligiga harakat qilishadi.

Budilnikni o‘chirib qo‘yasizmi?

Budilnikni o‘chirib qo‘yuvchi kishilar juda mehnatkash, biroq ular o‘z ritmlari bo‘yicha ishlashni xush ko‘rishadi. Ularga kimningdir buyruq berishi mutlaqo yoqmaydi. Ular u qadar tez harakat qilishmaydi, biroq barcha ishni o‘z vaqtida bajarishadi.

Shiftga uzoq vaqt qarab yotasizmi?

Bunday insonlar juda xayolparast bo‘lishadi. Ko‘pincha ko‘rgan tushlariga qaytgilari keladi. Bunday insonlar ijodkor, faylasuf kishilar sirasiga kiradi.

Yana qaytib uxlaysizmi?

Avval uyg‘onib, so‘ng yana qaytib uxlaydigan odamlar asosan, nimadandir xavotirda bo‘lishadi. Ular o‘z-o‘ziga xo‘jayin va nima qilishni o‘zlari hal etishadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni tekshirasizmi?

Tongda uyg‘onishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarni kuzatuvchi kishilar, o‘zgalar uni tan olishini istaydi. Shuningdek, ularni boshqalarning hayoti ham qiziqtiradi. Balki, bu uncha yaxshi odat emasdir, ammo undan qutulish ham oson emas.

Telefon orqali pochtangizni tekshirasizmi?

Ertalab turgan zahoti pochtasini tekshiruvchi odamlar o‘z sohasining liderlari hisoblanadi. Ular doim band va o‘z vaqtlariga jiddiy e’tibor qaratishadi. Ular aqlli va mas’uliyatli.

O‘rningizni yig‘asizmi?

Turgan zahoti o‘z o‘rnini yig‘uvchilar tashkilotchi kishilar hisoblanadi. Ularga hamma narsa o‘z o‘rnida bo‘lishi yoqadi, shu bois, o‘ta talabchan kishilar sirasiga kirishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring