Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eurovision–2019» qayerda o‘tkaziladi: Tel-Aviv yoki Quddus?

«Eurovision–2019» qayerda o‘tkaziladi: Tel-Aviv yoki Quddus?

Foto: «questtravelgroup.com»

Isroillik qo‘shiqchi Netta Barzilay bu yil «Eurovision»da g‘olib bo‘lganidan so‘ng, kelasi yili ushbu tanlov qayerda o‘tkazilishi ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi: Tel Avivmi yoki Quddus shahri?

AQSh Isroilning poytaxtini Quddus shahri deb tan olgani ushbu bahslarni yana avj oldirdi. Kuni kecha ushbu bahslarga nuqta qo‘yildi. «Eurovision–2019» Tel-Aviv shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Isroil hukumati musobaqani Quddus shahrida o‘tkazishni istayotgan edi. Lekin shunday qilinsa, ko‘plab davlatlar bunga qarshi chiqishini bilib, bu qaroridan voz kechdi.

Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida o‘tkazilgan 63-«Yevrovideniye» qo‘shiq musobaqasida «Toy» nomli qo‘shig‘i bilan Isroil sharafini himoya qilgan Netta Barzilay g‘olib bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring