Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa: migrantlar oqimi kamaymoqda

Yevropa: migrantlar oqimi kamaymoqda

Foto:«Il Giornale»

2018-yilning dastlabki uch oyi davomida Yevropa chegaralarini noqonuniy ravishda 20 ming muhojir kesib o‘tgan. Bu haqda Yevroparlamentning moliya va iqtisodiyot qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Markus Ferber «Zamonaviy migratsiya jarayonlarining xatarlari» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

— Muhojirlar oqimi kamaymoqda. 2017-yilda chegaralarni  200 ming kishi yashirincha kesib o‘tgan bo‘lsa, bu raqam joriy yilning uch oyi davomida 20 ming nafarni tashkil qildi. Ularning asosiy qismi Mag‘rib mamlakatlari(Marokash, Jazoir, Mavritaniya, Tunis, Liviya)dan kelmoqda, — degan Ferber.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa tomon yo‘l olgan ko‘plab muhojirlar, birinchi navbatda ayollar zo‘ravonlikdan jabr chekishmoqda.

Jumladan, 2017-yilda 75 foizdan ko‘proq ayollar va bolalar jinsiy tajovuz qurboniga aylanishgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring