Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa terma jamoalari qur’a savatlariga taqsimlandi

Yevropa terma jamoalari qur’a savatlariga taqsimlandi

Foto: «UA-Football»

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati — «Yevro-2020» saralash turniriga qur’a tashlash marosimi 2 dekabr kuni Irlandiya poytaxti Dublinda bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoalar qur’a savatlariga quyidagi taqsimlandi:

1-savat: Shveysariya, Portugaliya, Gollandiya, Angliya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Polsha.

2-savat: Germaniya, Islandiya, Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Daniya, Shvetsiya, Rossiya, Avstriya, Uels, Chexiya.

3-savat: Slovakiya, Turkiya, Irlandiya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya, Norvegiya, Serbiya, Finlyandiya, Bolgariya, Isroil.

4-savat: Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Albaniya, Chernogoriya, Kipr, Estoniya, Sloveniya, Litva, Gruziya.

5-savat: Makedoniya, Kosovo, Belarus, Lyuksemburg, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldova, Gibraltar, Farer orollari.

6-savat: Latviya, Lixtenshteyn, Andorra, Malta, San-Marino.

Yevropa birinchiligi final o‘yinlari ilk marotaba 13 shaharda o‘tkaziladi. Bular: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Rim, Kopengagen, Buxarest, Amsterdam, Dublin, Bilbao, Budapesht, Bryussel, Glazgo va Boku.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring