Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada koronavirusning yangi turi juda tez tarqamoqda

Yevropada koronavirusning yangi turi juda tez tarqamoqda

Foto: «Turprom»

Yevropada koronavirusning yangi turi — 20A.EU1 aniqlandi. Bu haqda «Vesti» xabar berdi.

Yangi shtammni Shveysariya va Ispaniya olimlari topishdi. Ispaniyada yozda paydo bo‘lgan bu turdagi virus qisqa vaqt oralig‘ida butun Yevropaga tarqab ketgan. Hozir Buyuk Britaniyada kovid bilan kasallanishlarning 90 foizi, Ispaniyada 80 foizi, Irlandiyada 60 foizi, Shveysariya va Niderlandiyada 30-40 foizi ushbu shtammga to‘g‘ri keladi.

Virusning juda tez tarqashiga sayohatlar uchun yo‘llarning ochilishi va ijtimoiy masofa qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

20A.EU1 dan himoyalanish choralari odatiy — niqob taqish, qo‘llarni muntazam yuvib yurish, masofani saqlash va yaxshi shamollatilmaydigan yopiq binolarga imkon qadar kirmaslik.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tez tarqalishining oldini olish uchun Germaniya va Fransiya yaqinda lokdaunni qaytadan joriy etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring