Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fabregas «Chelsi»dan «Monako»ga o‘tdi

Fabregas «Chelsi»dan «Monako»ga o‘tdi

Foto: «Reuters»

Fransiyaning «Monako» klubi ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas o‘z tarkibiga kelib qo‘shilganini ma’lum qildi.

Klub sayti ma’lumotiga ko‘ra, Fabregas bilan uch mavsumga — 2022-yil yoziga qadar shartnoma tuzilgan.

Sesk Fabregas 2014 yildan beri Londonning «Chelsi» klubi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

31 yoshli Fabregas «Chelsi» bilan birga ikki karra Angliya chempioni (2012, 2018) bo‘lgan, ikki marta Angliya kubogini (2005, 2008), bir martadan Angliya ligasi kubogi (2015) va Angliya superkubogini (2004) qo‘lga kiritgan.

U «Arsenal» va «Barselona» tarkibida ham qator sovrinlar sohibiga aylangan.

Sesk Fabregas Ispaniya terma jamoasi bilan bir marta jahon, ikki marta Yevropa chempioni bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring