Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faol va iqtidorli talabalar Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida bepul tahsil oladilar

Faol va iqtidorli talabalar Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida bepul tahsil oladilar

Janubiy Koreyadagi Inha universiteti.

Foto: «Inha.uz»

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari guruhi 2018-yil 23-iyuldan 10-avgustgacha davom etadigan Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida ishtirok etishadi.

O‘tgan yillarda bo‘lgani singari, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti o‘zbekistonlik 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga yozgi maktabda bepul ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, yozgi maktabda qatnashish istagini bildirgan Toshkent shahridagi Inha universitetining boshqa talabalari dastur narxini to‘lash sharti bilan o‘z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

IUT Koreya Respublikasidagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadigan yozgi maktabda bepul ishtirok etadigan talabalarni aniqlash uchun oltita tanlov e’lon qilgan.

Musobaqalar doirasida «Kompyuter va dasturiy injiniring» (SOCIE) hamda «Logistika» (SOL) fakultetlari talabalari tadbirkorlikni rivojlantirish, onlayn xizmatlarni taqdim etish va Toshkent shahridagi Inha universitetini targ‘ib qilishga yordam beradigan mahsulotlarni ishlab chiqishlari kerak.

Tanlov natijalariga ko‘ra, hakamlar hay’ati Janubiy Koreyadagi yozgi maktabga boradigan eng yaxshi loyiha va ishlanmalar egalarini tanlab oladi.

Yozgi maktabda talabalar «Koreys tili», «Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari», «Koreya va uning madaniyati», «Koreyada iqtisod va biznes», «Kelajakning yangi texnologiyalari» kabi kurslarda ishtirok etishadi. 

Qayd etish lozim, joriy yilda IUT talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida to‘rtinchi marotaba ishtirok etishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring