Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 11 million so‘mlik sifatsiz shifer sotib olgan iste’molchining puli qaytarildi

Farg‘onada 11 million so‘mlik sifatsiz shifer sotib olgan iste’molchining puli qaytarildi

Foto:«Almaty.salexy.kz»

Yaypan shahrida yashovchi N.X. Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Yo.Tojimatovga qarashli qurilish mollari do‘konidan jami 350 dona, umumiy narxi 11 185 000 (o‘n bir million bir yuz sakson besh ming) so‘mga shifer sotib oladi.

Lekin shiferni uyga keltirib, xonadoni tomiga o‘rnatish vaqtida qurilish materialining sifatsizligi ma’lum bo‘ladi. Sababi o‘rnatish jarayonida shifer o‘z-o‘zidan yorila boshlagan. Bundan hafsalasi pir bo‘lgan xonadon sohibi sotuvchiga uchrashib, o‘z e’tirozlarini bildiradi. Lekin sotuvchi turli xil bahonalar bilan iste’molchining qonuniy talablarini bajarmaydi. Shundan so‘ng iste’molchi O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qiladi.

Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida tuman jamiyati xodimlarining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tegishli moddalari bo‘yicha sotuvchiga bergan tushuntirishlari kor qilib, iste’molchi tomonidan nuqsonli tovar uchun to‘langan pul mablag‘ini to‘lig‘icha uning kissasiga qaytarilib, iste’molchining 11 mln so‘mdan ortiqroq moddiy zarar ko‘rishini oldi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring