Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada bir guruh harbiylar mukofotlandi

Farg‘onada bir guruh harbiylar mukofotlandi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Farg‘ona garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda mudofaa vazirining maslahatchisi, mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, zahiradagi general-polkovnik Rustam Axmedov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, Farg‘ona viloyati hokimligi, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi, Halq ta’limi va kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari hamda nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayot tajribasi davomida egallagan bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatish yuzasidan rejalar belgilab olindi. Yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtalib, javob qaytarildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etgan bir qator nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilarga «Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtiroki uchun» ko‘krak nishoni topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring