Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada DXX xodimlari «yashirin yo‘llar»ni fosh etdi

Farg‘onada DXX xodimlari «yashirin yo‘llar»ni fosh etdi

Foto: «Uza.uz»

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chegarani noqonuniy buzgan holda tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar orqali o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgan holatlar aniqlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Ma’lumki, rangli metallar parchalari va chiqindilarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan mazkur metallarni respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketish holatlari uchramoqda. Quvasoy yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘iziston Respublikasiga 9 qop jami 355 kilogramm mis olib o‘tilayotganda ushlandi.

Foto: «Uza.uz»

Shuningdek, joriy yilning 13 avgust kuni Quvasoy yo‘nalishida 178 dona krosovka, 46 dona mashina konditsioneri, 840 dona «Marokat» ayollar atiri, 564 dona upa kabi tovarlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, shu kuni Farg‘ona tumani yo‘nalishida harakatlanayotgan davlat raqami 40 J 112 LA Lacetti avtomashinasi to‘xtalib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan 85 million so‘mlik telefon apparatlari borligi aniqlandi.

Farg‘ona tumanilik R. U. kollej talabasi. U 18-avgust kuni besh-olti nafar chegara buzg‘unchilari bilan til biriktirgan holda Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasidan olib o‘tilgan 79 million so‘mlik 46 dona 32 dyumli Yasin markali televizorlar, 50 quti 100 vattlik lampochkalarni o‘z uyida saqlab kelgan. Ayni paytda jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring