Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada metan gaz quyish shoxobchasida yana portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Farg‘onada metan gaz quyish shoxobchasida yana portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘onadagi metan gaz quyish shoxobchalaridan birida portlashda sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.

«Xabar.uz» portaliga ma’lum qilishlaricha, «Nexia» rusumli avtomobilga gaz to‘ldirilayotgan paytda mashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan kishi shoxobcha xodimi bo‘lganmi yoki avtomobil haydovchisimi, aniqlik kiritilmagan. Boshqa halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bu Farg‘onada ushbu oyda ro‘y bergan birinchi hodisa emas. 1 iyun kuni Farg‘ona shahrida Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan «Mig Oil Metan» MChJga qarashli avtomashinalarga metan gaz quyish shoxobchasida Qo‘shtepa tumanida yashovchi nafaqaxo‘r S.S. o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirayotgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan va oqibatda bir kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring