Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Farg‘onada Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

1-2 iyul kunlari Farg‘ona shahrida hapkido sport tyri bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Hapkido federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqa kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

«Samo» sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan mazkur chempionatda O‘zbekistondan tashqari Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belarus, Isroil, Hindiston, Nepal, Shri-Lanka kabi davlatlardan qariyb 400 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Koreys jang san’ati hapkido jang san’atlari orasida taekvondo va dzyudodan keyin uchinchi o‘rinda turadigan sport turi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring