Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada soxta aviachiptalar tayyorlab sotgan shaxs qo‘lga tushdi

Farg‘onada soxta aviachiptalar tayyorlab sotgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: «Biznes Vizit»

Bosh prokuratura departamentining Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqaro D. Farg‘ona shahar, Sayilgoh ko‘chasida noqonuniy ravishda aviabilet sotish shoxobchasini tashkil qilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko‘ra, u kompyuter texnikasi yordamida soxta aviabiletlar tayyorlab, ularni jami 13 nafar fuqaroga sotib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan 22,9 mln. so‘m olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring