Farg‘onada ham xaydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati joriy etildi

Farg‘ona viloyatida Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari Davlat xizmatlari markazlarida xaydovchilik guvoxnomasini almashtirish xizmati joriy etildi deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.
Avvalroq, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2021-yil 1-yanvarga qadar davom etishi ma’lum qilingan edi.
Qo‘qon shahrida bu xizmat turi 21-may kunidan boshlanib Farg‘ona shahrida esa 13 noyabrdan boshlab xizmat ko‘rsatildi.
Farg‘onada 10 kun davomida 1188 ta haydovchilik guvohnomasi almashtirildi, axoliga qulaylik yaratish maqsadida yakshanba kuni xam xizmat ko‘rsatildi va o‘sha kuni 68 ta fuqaro guvohnomasini almashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter