Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik jurnalistlar Umra safariga yo‘l oldi

Farg‘onalik jurnalistlar Umra safariga yo‘l oldi

Foto: «Facebook»

Farg‘onalik bir guruh jurnalistlar Saudiya Arabistoni podshohligiga yo‘l oldi. Bu haqda taniqli jurnalist, O‘zbeksiton Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov ma’lum qilmoqda.

Safar uyushma viloyat bo‘limi tashabbusi  va tashkilotchiligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, unga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan. Safar mobaynida saudiyalik jurnalistlar bilan ijodiy uchrashuv va muloqotlar, o‘sha yerda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan diydorlashuv, shuningdek, O‘zbekistonning Jidda shahridagi konsulligida bo‘lish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Safar mobaynida o‘n bir nafar farg‘onalik jurnalistlarni muborak Umra amallarini ado etishdek saodat ham kutib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring