Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onalik ishbilarmon tuyaqush terisidan oyoqni davolaydigan poyabzal ishlab chiqarmoqchi

Farg‘onalik ishbilarmon tuyaqush terisidan oyoqni davolaydigan poyabzal ishlab chiqarmoqchi

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘onadagi «Straus farm» korxonasi ish boshqaruvchisi Hasanboy Ahmadjonov Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan investitsiyaviy forumda tuyaqush terisidan oyoq kiyim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

U O‘zbekistonga tuyaqushni olib kirgan ikkinchi insondir.

Hasanboy akaning fermasi Markaziy Osiyodagi eng kattasi hisoblanib, u yerda 250 bosh tuyaqush parvarish qilinmoqda. Qushlarni ularning o‘zlari ko‘paytirishi barobarida tashqaridan ham olib kelishadi.

Aynan forum doirasidagi ko‘rgazmada Farg‘ona va Toshkent fabrikalarida tuyaqush terisidan tikilgan poyabzallarni namoyish qilindi.

«Keyingi yil terini qayta ishlash uskunalarini olib kelib, poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, - dedi u. - Afzalligi - sof tabiiy charm bo‘lgani uchun oyoqqa juda foydali, uni davolaydi. Bunday poyabzalda oyoq terlamaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring