Farg‘onaning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Abdullayev Abduhoshim Abdullayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi.
Abduhoshim Abdullayev 1950 yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
2005-2006 yillarda Marg‘ilon shahar hokimi, 2006-2008 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan.
U 2017-2019 yillarda «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisi bo‘lgan.
Abduhoshim Abdullayev 2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter