Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: «Xalq so‘zi»

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Do‘sanov Zohid Abduqayumovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi PQ-3525-sonli qaroriga ko‘ra, mazkur agentlikka rahbar etib Abdullayev Aziz Rustamovich tayinlandi-, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabarida.

Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Berdiyev Nozim Nusratillayevich, o‘rinbosar Temirov Alisher Smitillayevich tayinlandi.

Aziz Abdullayev shu vaqtgacha «Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi» DUK direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring