Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faxrim Bayrog‘im» xeshtegi ostida o‘tkazilayotgan aksiyada faol ishtirok eting

«Faxrim Bayrog‘im» xeshtegi ostida o‘tkazilayotgan aksiyada faol ishtirok eting

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Har bir mamlakatni dunyoga tanitadigan asosiy ramzlaridan biri — bu uning bayrog‘idir. 1991 yil 18 noyabr kuni mamlakatimiz bayrog‘i rasman qabul qilindi. O‘shandan beri dunyoning ko‘plab nufuzli musobaqalari, qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i mag‘rur hilpirab kelmoqda.

Boshqa sohalarni kamsitmagan holda aytish kerak, bayroq sportchilar uchun juda qadrli. Negaki ular sport maydoniga millat sha’nini ulug‘lash, Vatan bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish uchun tushadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan jahon arenalarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan bir guruh sportchilarimiz «Davlat bayrog‘i – faxrim, g‘ururim!», «Davlat bayrog‘i – mening bayrog‘im», «Bayroq – hurlik timsoli, tinchlik ramzidir!», «Millat bayrog‘i – jondek aziz, nondek mo‘’tabarsan», «Biz sportchilar bayrog‘imizni jahon arenalarida yuqoriga ko‘taramiz!» shiorlari ostida amalga oshirilayotgan ommaviy aksiyada ishtirok etishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamyurtlarimizni #FaxrimBayrog‘im xeshtegi ostida o‘tkazilayotgan mazkur aksiyada faol qatnashishga chorlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring