Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlar viloyat hokimi qarshisida qasamyod qildi

Fermerlar viloyat hokimi qarshisida qasamyod qildi

Foto: «Sirdaryo haqiqati»

Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar, deb xabar bermoqda «Sirdaryo haqiqati» gazetasi.

Foto: «Sirdaryo haqiqati»

Viloyat hokimligi gazetasining xabariga ko‘ra, shunday g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring