Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA G‘uzorning «Sho‘rtan»idan uch ochko oldirib tashladi

FIFA G‘uzorning «Sho‘rtan»idan uch ochko oldirib tashladi

Foto: «Yespreso»

Pro-liganing «A» guruhi 4-turidan keyin 8 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan G‘uzorning «Sho‘rtan» klubidan 3 ochko olib tashlandi. Qaror O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, bunga «Sho‘rtan» hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o‘rtasidagi mojaro hamon yakuniga yetmagani sabab bo‘lgan. FIFA intizom qo‘mitasi G‘uzor klubiga dastlabki sanksiyalarni qo‘llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015-yilning 9-oktyabr kuni yuborgan. Shunga qaramay, «Sho‘rtan» mazkur masala yechimini topmagan.

O‘zbekiston professional futbol ligasi «Sho‘rtan»ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning pro-ligadagi ochkosi 8 emas, 5 ta ekanini ma’lum qildi. Aytilishicha, agar klub Vuyovich bilan bog‘liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring