Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Qrim aholisi uchun Jahon chempionati chiptalari sotuvini taqiqlab qo‘ydi

FIFA Qrim aholisi uchun Jahon chempionati chiptalari sotuvini taqiqlab qo‘ydi

Futbol muxlislarining e’tibori Rosssiyaga qaratiladi

fifa.com

Qrimliklar futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi jahon chempionati uchun FIFA rasmiy saytidan chipta sotib olishlari mumkin emas. FIFA ularni bunday imkoniyatdan mahrum etdi. Chunki FIFA Qrimni Rossiyaning bir qismi ekanligini tan olmaydi.

Qrim futbol ittifoqi rahbari Yuriy Vetoxa vaziyatni shunday izohladi.

«Aynan shunga o‘xshash vaziyat joriy yilda bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida ham kuzatilgan edi. Mana endi JCh uchun biz chiptalarni osonlik bilan sotib ololmaymiz. Biz hayronmiz. FIFA Qrimni Ukrainaga tegishli deb hisoblaydi», deydi Vetoxa.

Rossiya tomoni esa qrimliklar chiptalarni Rossiya futbol uyushmasining rasmiy sayti orqali xarid qilishlarini ma’lum qilgan va ular uchun biletlar ajratilgan. Shu kabi vaziyat Abxaziya va Janubiy Osetiyada ham kuzatilmoqda. FIFA va ko‘plab xalqaro tashkilotlar bu davlatlarni umuman tan olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring