Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA reytingi: O‘zbekiston rekord darajada pastga quladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston rekord darajada pastga quladi

Foto: «FIFA.COM»

Bugun FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 7 pog‘ona pastladi va 354 ochko bilan 95-o‘ringa tushib ketdi. Bu — Osiyo jamoalari ichida 13-o‘rin.

OFK terma jamoalari reytingini Avstraliya termasi 718 ochko bilan boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Eron, Janubiy Koreya  va Yaponiya terma jamoalari band etgan. E’tiborlisi, Qirg‘iziston (12-o‘rin) va Livan (9-o‘rin) kabi terma jamoalar ham bizdan oldinga o‘tib ketgan.

Dunyo reytingida peshqadamlar o‘zgarmadi. Birinchi o‘rinda Germaniya borayotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Braziliya termasi egallagan. Kuchli uchlikka esa Belgiya terma jamoasi yakun yasagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring