Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finalga chiqqan yetti bokschimizdan besh nafari chempion bo‘ldi

Finalga chiqqan yetti bokschimizdan besh nafari chempion bo‘ldi

Foto: «Uza.uz»

Hindistondagi «India Open» turnirida ishtirok etayotgan bokschilarimiz finalda o‘z janglarini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xudoynazar Fayzov hindistonlik Anvar Salmonni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan Abdulhay Shorahmatov mo‘g‘ilistonlik Amar Xarku ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

64 kilogramm vazinda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov kubalik Jorj Moran Vinentga qarshi o‘tgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Musobaqada, shuningdek, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov va Bobo-Usmon Boturov ham o‘z vazn toifalarida oltin medalga ega chiqdi. Sanjar Tursunov esa ushbu bahslarda kumush medal sohibiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring