Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiya bosh vaziri o‘zini «sotuvchi» deb atagan Estoniya IIV rahbarini mulzam qildi

Finlyandiya bosh vaziri o‘zini «sotuvchi» deb atagan Estoniya IIV rahbarini mulzam qildi

Sanna Marin.

Foto: «Reuters»

Finlyandiya hukumati rahbari Sanna Marin o‘z mamlakatida hatto do‘kon sotuvchisi ham bosh vazir darajasiga chiqa olishi bilan faxrlanishini aytdi. Bu bilan Marinning bosh vazir bo‘lganini eshitib, «sotuvchi bosh vazirlikkacha ko‘tarildi» degan Estoniya ichki ishlar vaziri Mart Xelmega munosib javob qaytardi.

«Men Finlyandiya bilan judayam faxrlanaman. Bu yerda kambag‘al oila bolasi ham o‘qib-o‘rganib, hayoti davomida juda ko‘p narsalarga erisha oladi. Do‘kon kassiri bosh vazir bo‘lishi mumkin. Ishchi sinfisiz Finlyandiya yashay olmaydi. Men har bir xodim, mutaxassis, tadbirkorning mehnatini qadrlayman!» — deb yozdi Sanna Marin «Twittter»da.

Sanna Marin yoshligida novvoyxonada ishlagan, keyin univermagda kassirlik qilgan.

Mart Xelme. Foto: «EADaily»

Estoniya ichki ishlar vaziri Mart Xelme Marinni «bosh vazirlikkacha ko‘tarilgan sotuvchi» deganidan keyin ancha mojaro ko‘tarilgan, Xelmening gaplari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetkazadi, degan xavotirlar paydo bo‘lgandi.


Mavzuga oid: Bu hali holva: Sanna Marin 11 nafar ayolni vazir qilmoqchi


Ma’lumot uchun: 2019-yilning noyabr oyida 34 yoshga to‘lgan Marin Finlyandiya hukumati tepasiga kelib, dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylangandi. Ayni paytda uning hukumatida vazirlarning 7 nafari erkaklar, 12 nafari esa ayollar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring