Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘ladimi? Tashqi ishlar vaziri masalaga nuqta qo‘ydi

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘ladimi? Tashqi ishlar vaziri masalaga nuqta qo‘ydi

Foto: «Global Look Press»

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish niyatida emas. Finlyandiyaning xavfsizlik siyosati o‘zgarishsiz qoladi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto.

Yaqinda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiya ko‘plab mezonlarda NATO standartlariga muvofiq kelishini aytib, agarda bu mamlakatlar hukumatlari bir qarorga kelsa, ular alyans a’zosiga aylanishi mumkinligi haqida gapirgandi.

AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Viktoriya Nuland ham Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’o bo‘lishi masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirgandi.

Avvalroq Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun: NATOga 30 mamlakat a’zo: AQSh, Albaniya, Belgiya, Bolgariya, Estoniya, Ispaniya, Niderlandiya, Islandiya, Xorvatiya, Italiya, Kanada, Gretsiya, Litva, Lyuksemburg, Latviya, Norvegiya, Portugaliya, Polsha, Fransiya, Ruminiya, Germaniya, Shimoliy Makedoniya, Sloveniya, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Turkiya, Chexiya, Vengriya va Chernogoriya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring