Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgar Munisa Rizayeva konsertidan tushgan $18.000 va 48.000.000 so‘mni «uxlatdi»

Firibgar Munisa Rizayeva konsertidan tushgan $18.000 va 48.000.000 so‘mni «uxlatdi»

Foto: «YouTube»

19-oktyabr kuni Namangan shahrida viloyat prokuraturasidan firibgarlik holati yuzasidan hujjat kelib tushdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unga ko‘ra, 19-sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi  D.S. ariza bilan murojaat qilib, tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25-iyun kuni Namangan shahrida, 26-iyun kuni Farg‘ona shahrida va 27-iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizayevaning «Yomg‘ir» deb nomlangan konsert dasturini o‘tkazib berib, har bir dastur uchun 6.000 AQSh dollari, jami 18.000 AQSh dollarini olib, unga bermaganligini ma’lum qilgan. Shuningdek A.E. 25-iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini o‘tkazib, 2.400 nafar fuqaroga sotilgan jami 48.000.000 so‘mlik chipta pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring